Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Pushkov: Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun Tramp Rossiya bilan muloqot qilishi kerak

Pushkov Ukrainadagi mojaroga barham berish kaliti qayerda ekanini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 yanv— Sputnik. Agar AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina mojarosiga barham berishga jiddiy kirishgan bo‘lsa, buning kaliti Rossiya bilan muloqot ekanligini tushunishi kerak, deya ma’lum qildi rossiyalik senator Aleksey Pushkov o‘zining Telegram-kanalida.
“Agar Tramp mojaroga barham berishga jiddiy kirishgan bo‘lsa - u va uning jamoasi buni jiddiy deb tasdiqlamoqda, u buning kaliti Brussel, London, Parij yoki Kiyevda emas, balki Moskvada ekanligidan kelib chiqishi kerak. U Rossiyaning xavfsizlik manfaatlariga javob beradigan formula bilan chiqishi kerak. Bu manfaatlarni chetlab o‘tish yoki Rossiyaga bosim o‘tkazish urinishlari Trampni hal etilmagan muammo bilan qoldiradi va uni Bayden siyosatining o‘ta xavfli va istiqbolsiz merosxo‘riga aylantiradi”, — deb yozdi Pushkov.
Avvalroq "Wall Street Journal" AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Keyt Kellogga 100 kun ichida Ukraina mojarosiga barham berishga ko‘rsatma bergani haqida xabar bergan edi.
Tramp Putin bilan “tez orada” gaplashmoqchi