O‘zbekiston va YeOII

YeOII: Bishkekda bojxona faoliyatini tartibga solish masalalari muhokama qilindi

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Ruslan Davidov Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi birinchi o‘rinbosari Daniyar Amangeldiyev bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) bojxona faoliyatini tartibga solish masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar berdi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining bojxona hamkorligi bo‘yicha vaziri Ruslan Davidov Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi birinchi o‘rinbosari Daniyar Amangeldiyev bilan uchrashdi.
Voprosi tamojennogo regulirovaniya v YeAES obsudili v Bishkeke
YeOII yagona bojxona tranziti tizimini joriy etish, bojxona chegaralarini kesib o‘tishni soddalashtirish, nazorat-o‘tkazish punktlarini tartibga solishda istiqbolli texnologiyalardan foydalanish, elektron navigatsiya plombalaridan foydalanish, shuningdek, bojxona ma’lumotlari almashinuvi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar Ittifoq bo‘ylab yagona bojxona boshqaruvini ta’minlash uchun konstruktiv hamkorlik muhimligini qayd etdilar.
Ishchi tashrif doirasida Ruslan Davidov Qirg‘iz Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmatida ham bo‘lib, bojxona organlarining “Smart Baji” yangi axborot tizimini joriy etish jarayoni bilan tanishdi. Komissiyaning bojxona bloki rahbari hamkasblari bilan o‘tgan yig‘ilishda erishilgan kelishuvlar ijrosi hamda kelgusidagi ishlar rejalarini muhokama qildi.
YeOII yagona bojxona tranziti tizimi to‘g‘risidagi bitim Ittifoq mamlakatlari rahbarlari tomonidan 2024-yil dekabr oyida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida imzolangan edi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII to‘rtta davlatning g‘ildirak disklariga bojlar joriy qilmoqda