“Isiqlikni yaxshi ko‘ruvchi hayvonlar uchun biz isitish tizimini ko‘rib chiqamiz va ta’mirlaymiz, zarur bo‘lsa, issiq pollar ulanadi, maxsus yoritkich o‘rnatiladi”, - deydi bosh veterinar vrach Mahmud Qo‘ziboyev.
Qishda hayvonlar ko‘proq oziqlanishadi. Ularning ratsioni vitaminlar bilan boyitilgan bo‘ladi.
Hayvonlar xuddi odamlar kabi shamollashadi. Ayniqsa, maymunlar keskin sovuqlarga sezgir bo‘ladi.
“O‘tgan yili -24 daraja sovuq bo‘lganida, havo harorati tushib ketgan edi. Shunda biz qo‘shimcha isitish qurilmalarini o‘rnatdik. Zaifroq hayvonlar shamollab qoldi va ularni davolashga to‘g‘ri keldi”, - dedi Mahmud Qo‘ziboyev.
Batafsil videoda tomosha qiling.