Dekabrda eng qimmat va eng arzon palov qaysi hududlarda sotildi?

Dekabr oyida eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni esa Namangan viloyatida sotildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. 2024-yil dekabr oyida eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni esa Namangan viloyatida sotildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Statistika agentligi hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlarini o‘rgandi.
Palov eng qimmat sotilgan uch hudud: Toshkent shahri (35 700 so‘m), Buxoro viloyati (33 700 so‘m) va Andijon viloyati (31 200 so‘m).
Palov eng arzon narxda sotilgan uch hudud: Sirdaryo viloyati (25 700 so‘m), Qoraqalpog‘iston respublikasi (25 700 so‘m) va Namangan viloyati (22 200 so‘m).
Qolgan hududlarda 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi:
Xorazm viloyati – 30 900 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 30 700 so‘m;
Samarqand viloyati – 30 500 so‘m;
Jizzax viloyati –28 800 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 28 600 so‘m;
Toshkent viloyati – 27 300 so‘m;
Navoiy viloyati – 26 800 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 26 600 so‘m.
Palov indeksi: eng arzon va qimmat osh qayerda?