Palov indeksi: eng arzon va qimmat osh qayerda?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda eng arzon va eng qimmat osh qayerda? Statistika agentligi navbatdagi "palov indeksini" e’lon qildi.
2024 yil noyabr oyida respublikaning turli hududlarida palovnarxi 22 200 dan 34 500 ming so‘mgacha o‘zgardi.
An’anaga ko‘ra, palovning bir porsiyasi uchun eng qimmat narx Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda – 34 ming 500 so‘m. Oktabr va sentabr oylari bilan farq 41 so‘mni tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rinni 33 ming 700 so‘m bilan Buxoro viloyati egalladi (oktabrda 33 ming 717 so‘m, sentabrda 33 ming 884 so‘m). Palovning eng maqbul narxi Namangan viloyatida qolmoqda – 22 200 so‘m (oktabr va sentabr oylarida 22 201 so‘m).
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0