O‘zbekiston va YeOII

Putin: YeOII o‘zini o‘zi ta’minlaydigan markazlardan biri sifatida namoyon qildi

Vladimir Putin: Rossiya YeOIIdagi sheriklar bilan hamkorlikni qadrlaydi va ishni faollashtirishdan manfaatdor.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘zini rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoning mustaqil va o‘zini o‘zi ta’minlovchi markazlaridan biri sifatida tasdiqladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (OYeIK) tor doiradagi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Birlashmamiz rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoning mustaqil va o‘zini o‘zi ta’minlovchi markazlaridan biri sifatida o‘zini namoyon qildi va jadal rivojlanishda davom etmoqda. Yevroosiyo ittifoqi faoliyati savdo va sarmoyaviy ayirboshlashni kengaytirish, ishbilarmonlik aloqalarini oshirish, hamkorlik aloqalarini chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda. Asosiysi, integratsion o‘zaro hamkorlik bizning birlashmamiz ishtirokchilarining har biriga real foyda keltiradi”, — dedi Rossiya rahbari.

Rossiya YeOIIdagi sheriklar bilan hamkorlikni qadrlaydi va ishni faollashtirishdan manfaatdor, dedi Vladimir Putin.
O‘zbekiston va YeOII
Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etmoqda — jonli efir