Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘ldi

Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Markaziy bank boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov tayinlandi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov nomzodi taqdim etilgani haqida xabar berdi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi", — deb yozadi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Oliy Majlisi Senatining Kengashi prezidentning taqdimnomasiga muvofiq Timur Ishmetovni Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ishmetov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2005-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va xuquqshunos mutaxassisliklariga ega.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlab, 2001–2004 yillarda katta ekspert-analitik, Valyuta birjasi va tashqi aloqalar departamenti rahbari bo‘lgan. 2004–2008 yillarda Pul-kredit operatsiyalari departamentida ishlagan. 2008–2009 yillarda Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti, 2009-2010 yillarda Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, 2010–2017 yillarda Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentini boshqargan.
Timur Ishmetov MB raisining birinchi o‘rinbosari sifatida 2-yil faoliyat yuritgach, 2019-yil may oyida moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. 2020-yil fevraliga kelib, u moliya vaziri etib tayinlandi va bu lavozimda 2022-yil oxirigacha faoliyat yuritdi.
Ishmetov 2022-yil dekabrda O‘zbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Ravshan G‘ulomov)ning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Mamarizo Nurmuratov Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etildi