TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Ukraina ittifoqchilari proksi urushda yutqazmoqda, Rossiya esa maxsus harbiy operatsiya oldiga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda, deb yozadi “Strategic Culture”.
“Ukrainadagi NATO homiyligidagi proksi urush AQSh va uning Yevropadagi hamkorlari uchun juda yomon ketmoqda. Rossiya bu urushda ishonchli g‘alaba qozonmoqda”, - deyiladi materialda.
Qayd etilishicha, muvaffaqiyatsizliklar fonida NATO terrorchilik harakatlarida Ukraina bo‘linmalari ishtirokida Suriyada Rossiyaga qarshi ikkinchi front ochishga harakat qilmoqda.
Noyabr oyi oxirida Zelenskiy “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi evaziga o‘t ochishni to‘xtatish va ayrim hududlardan voz kechishga rozi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainaning NATOga ehtimoliy a’zo bo‘lishi mamlakat xavfsizligiga tahdid ekanligini ta’kidlagan edi. Uning aytishicha, Kiyevning alyansga qo‘shilishidagi xavflar maxsus harbiy operatsiya boshlanishining sabablaridan biri bo‘lgan.