Tanzila Narbayeva Pokiston elchisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?

Savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Pokistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar barqaror rivojlanib borayotganini, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida faol hamkorlik amalga oshirilayotganini qayd etdi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni bajarishga e’tibor qaratildi, bu jarayonda parlamentlar muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
V Senate Oliy Majlisa sostoyalas vstrecha s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Islamskoy Respubliki Pakistan v Uzbekistane
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim o‘rin tutadigan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, transport va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar mazkur sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.
V Senate Oliy Majlisa sostoyalas vstrecha s Chrezvichaynim i Polnomochnim Poslom Islamskoy Respubliki Pakistan v Uzbekistane
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanishiga, ikki davlat xalqlari manfaatlari yo‘lida belgilangan rejalar faol amalga oshirilishiga ishonch bildirildi.
Transport-logistika: Pokiston O‘zbekiston orqali qo‘shni mintaqalardagi bozorlarga chiqmoqchi