O‘zbekiston va YeOII

YeOII mamlakatlaridagi inflyatsiya darajasi ma’lum qilindi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida yillik inflyatsiya darajasi: Armanistonda – 0,6%, Belarusda – 5,9%, Qozog‘istonda – 8,5%, Qirg‘izistonda – 4,8%, Rossiyada – 8,5%.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) oktabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlaridagi inflyatsiya darajasini kuzatdi, deya xabar berdi komissiya matbuot xizmati.
Oktabr oxirida YeOII mamlakatlarida yillik inflyatsiya darajasi: Armanistonda – 0,6%, Belarusda – 5,9%, Qozog‘istonda – 8,5%, Qirg‘izistonda – 4,8%, Rossiyada – 8,5%.

“2023 yilning dekabriga nisbatan joriy yilning oktabr oyida Qozog‘istonda yillik inflyatsiya 1,3 foiz punktga, Qirg‘izistonda 2,5 foiz punktga, Belarusda esa 0,1 foiz punktga, Rossiyada esa 1,1 foiz punktga biroz tezlashgani kuzatilmoqda, Armanistonda deflyatsiya inflyatsiyaga o‘zgardi”, — deyiladi xabarda.

Iste’mol narxlari tarkibida Qozog‘iston va Qirg‘izistonda oziq-ovqat mahsulotlari, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyada nooziq-ovqat tovarlari, Belarus va Qirg‘izistonda xizmatlar bo‘yicha inflyatsiyaning sekinlashishi kuzatildi.
Narxlar barqarorligini saqlashga YeOII mamlakatlari hukumatlari va markaziy (milliy) banklari tomonidan iste’mol narxlari o‘sishini cheklash bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar yordam berdi.
O‘zbekiston va YeOII
Yevroosiyo makonida integratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi oshiriladi