https://oz.sputniknews.uz/20241118/evroosiyo-makon-integratsiya-loyihalar-46664071.html
Yevroosiyo makonida integratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi oshiriladi
Yevroosiyo makonida integratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Gap YeIK va transport sohasidagi tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik haqida bormoqda. 18.11.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-11-18T11:02+0500
2024-11-18T11:02+0500
2024-11-18T11:02+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
avtomobil
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1d/41312421_143:309:2903:1861_1920x0_80_0_0_8e59caf30ffe80a450867c83b1f3509e.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Yevroosiyo makonida integratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi oshiriladi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati. Qayd etilishicha, yo‘l infratuzilmasi, avtomobil transporti, mutaxassislarni rivojlantirish va tayyorlash sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining energetika va infratuzilma bloki va Avtomobil transporti ilmiy tadqiqot instituti AJ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasiga kiritildi. 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hujjat Moskvada bo‘lib o‘tgan “Integratsiya” VI Yevroosiyo biznes forumi doirasida imzolandi. Rejada transport tizimlari sohasida tahliliy materiallar, axborot ma’lumotnomalarining elektron raqamli versiyalari, shuningdek, sohaga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini birgalikda tayyorlashga qaratilgan tadbirlar o‘rin olgan. Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik qo‘shma tadbirlar va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazishni nazarda tutadi. O‘z navbatida, “Avtomobil transporti ilmiy-tadqiqot instituti” OAJ bosh direktori Valeriy Mashkov uzoq muddatli hamkorlikka qiziqishini tasdiqlab, YeIK va institut o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ijobiy natijalarini qayd etdi. Ma’lumot uchun, Avtomobil transporti ilmiy-tadqiqot instituti avtomobil transporti ekspluatatsiyasi muammolari sohasida yetakchi ilmiy markaz hisoblanadi. Institut Rossiya Federatsiyasining 2010-yilgacha bo‘lgan davrda transportni rivojlantirish strategiyasini, Rossiya Federatsiyasining 2020 va 2030-yillarga mo‘ljallangan transport strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etdi.Integratsiya — bu bir butun sifatida ishlashi uchun kichikroq komponentlarni yagona tizimga birlashtirish.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1d/41312421_158:0:2889:2048_1920x0_80_0_0_84e84ce925e13e2295b9be2bd7e2f64d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yeik, avtomobil, transport
yeoii, yeik, avtomobil, transport
Yevroosiyo makonida integratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi oshiriladi
Gap YeIK va transport sohasidagi tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik haqida bormoqda.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Yevroosiyo makonida integratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi oshiriladi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK)
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, yo‘l infratuzilmasi, avtomobil transporti, mutaxassislarni rivojlantirish va tayyorlash sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining energetika va infratuzilma bloki va Avtomobil transporti ilmiy tadqiqot instituti AJ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha harakatlar rejasiga kiritildi.
2024–2025 yillarga mo‘ljallangan hujjat Moskvada bo‘lib o‘tgan “Integratsiya” VI Yevroosiyo biznes forumi doirasida imzolandi. Rejada transport tizimlari sohasida tahliliy materiallar, axborot ma’lumotnomalarining elektron raqamli versiyalari, shuningdek, sohaga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini birgalikda tayyorlashga qaratilgan tadbirlar o‘rin olgan. Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik qo‘shma tadbirlar va malaka oshirish dasturlarini o‘tkazishni nazarda tutadi.
“YeIK va tadqiqot markazlarining transport sohasidagi hamkorligi Yevroosiyo makonida integratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish imkonini beradi”, — dedi YeIK energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev.
O‘z navbatida, “Avtomobil transporti ilmiy-tadqiqot instituti” OAJ bosh direktori Valeriy Mashkov uzoq muddatli hamkorlikka qiziqishini tasdiqlab, YeIK va institut o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ijobiy natijalarini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Avtomobil transporti ilmiy-tadqiqot instituti avtomobil transporti ekspluatatsiyasi muammolari sohasida yetakchi ilmiy markaz hisoblanadi. Institut Rossiya Federatsiyasining 2010-yilgacha bo‘lgan davrda transportni rivojlantirish strategiyasini, Rossiya Federatsiyasining 2020 va 2030-yillarga mo‘ljallangan transport strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etdi.
Integratsiya — bu bir butun sifatida ishlashi uchun kichikroq komponentlarni yagona tizimga birlashtirish.