TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) yagona transport makonini yaratish va transport xizmatlarining umumiy bozorini shakllantirish g‘oyasini amalga oshirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) energetika va infratuzilma vaziri Arzibek Kojoshev ma’lum qildi, deb yozmoqda komissiya matbuot xizmati.
Shu maqsadda beshta davlat transport integratsiyasi bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kelishib oladi, bu kelishuvlarni, jumladan, yo‘l xaritalarida qayd etadi.
Bugungi kunda YeOII 2024–2026 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini amalga oshirmoqda. Unga kiritilgan chora-tadbirlar transport sohasida integratsiya jarayonlarini izchil chuqurlashtirishga qaratilgan.
Hujjatni tayyorlashda ekspertlar zamonaviy sharoitda avtomobil, temir yo‘l, havo va suv transportini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni tartibga solishni bir-biriga yaqinlashtirish imkoniyatlarini, shuningdek, transport faoliyatining tarmoq miqyosidagi jihatlarini baholadi.
Hujjat YeOIIda “Sharq-G‘arb” va “Shimol-Janub” yo‘nalishlaridagi transport infratuzilmasi “to‘siqlari” ro‘yxatini shakllantirish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish kabi muhim chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, u YeOIIga elektron transport hujjatlarini joriy etish bo‘yicha Ittifoq qonunchiligini takomillashtirishni nazarda tutadi.