O‘zbekiston va YeOII

BMT, Eron, Xitoy: YeIK vakili BRIKS doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan BRIKS XVI sammiti doirasida bir qator ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar, shuningdek, Komissiya va BMT Kotibiyati o‘rtasidagi munosabatlarni rasmiylashtirish masalasini ham muhokama qildilar.
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan suhbatda Ittifoq va Eron o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, erkin savdo to‘g‘risidagi bitimning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan tartib-qoidalarni bajarish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, suhbatdoshlar Eronning YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olishi mavzusini muhokama qildilar.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan suhbatda Xitoy bilan o‘zaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab elementlarni o‘z ichiga olgan imtiyozsiz kelishuv mavzusi ko‘rib chiqildi.
Mo‘g‘uliston prezidenti Administratsiyasi rahbari Gombojavin Zandanshatar bilan uchrashuvda YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi hamkorlikni tizimli rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar vaqtinchalik savdo shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralarni, shuningdek, YeOII va Mo‘g‘uliston o‘rtasida savdoda imtiyozli rejimni imzolash va joriy etish istiqbollarini muhokama qildilar.
Serbiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Vulin bilan uchrashuvda YeOII va Serbiya o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish rejalari, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va YeOII
YeIK farmatsevtika, kosmetika va marketpleys bozorlarida monopoliyaga qarshi tahlil o‘tkazadi