Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK farmatsevtika, kosmetika va marketpleys bozorlarida monopoliyaga qarshi tahlil o‘tkazadi

© Sputnik / Joomart Uraimov Flagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2024
Obuna bo‘lish
YeIK: biz aholi uchun eng sezgir bo‘lgan bozorlar bo‘yicha tarmoq tahlilini o‘tkazishni rejalashtirganmiz.
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Kelasi yil Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) farmatsevtika, kosmetika mahsulotlari va marketpleys bozorlarida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)da monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishi belgilari bo‘yicha tarmoq tahlilini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda YeIK raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish vaziri Maksim Yermolovich ma’lum qildi.
Maksim Yermolovich Ostonada bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo monopoliyaga qarshi forumi sessiyasida so‘zga chiqdi.
“Biz 2025-yil davomida o‘rganmoqchi bo‘lgan individual tovarlar uchun 17 ta bozorni belgilab oldik. Bundan tashqari, Ittifoq iqtisodiyotining uchta tarmog‘i aniqlandi, ular bo‘yicha tarmoq tahlillari o‘tkaziladi. Aytmoqchimanki, biz aholi uchun eng sezgir bo‘lgan bozorlar bo‘yicha tarmoq tahlilini o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Bu farmatsevtika bozori, parfumeriya va kosmetika bozori va raqamli savdo maydonchalari bozori”, — dedi u.
Vazir, shuningdek, YeIK Ittifoq davlatlarining marketpleys bilan bog‘liq holda huquqni qo‘llash tajribasini o‘rganishga katta e’tibor qaratganini ta’kidladi.
“Biz Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Belarus Respublikasi tajribasini o‘rgandik, tekshiruvlar qanday olib borilgani, sanksiyalar qo‘llanilgani, ushbu marketpleyslar ma’lumotlari o‘rganildi", — dedi Yermolovich.
YeIK vaziri komissiya Ittifoqdan tashqari mamlakatlardan tovarlar yetkazib beruvchilariga nisbatan sanksiyalar qo‘llay olmaydigan vaziyat bo‘yicha ish olib borishga ham chaqirdi.
“Raqobatni himoya qilish markazi” AJ tomonidan tashkil etilgan Yevroosiyo monopoliyaga qarshi forumi Qozog‘istonda 2014-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Platforma raqobatni himoya qilish va monopoliyaga qarshi tartibga solish masalalari bo‘yicha davlat organlari, ekspertlar va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tajriba almashishga xizmat qiladi.
Moskovskie kompanii zaklyuchili bolee 200 eksportnix kontraktov s uzbekskimi partnerami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2024
Matbuot markazi
Moskva kompaniyalari O‘zbekiston onlayn savdo maydonlarida o‘z mahsulotlarini joylashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0