Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tuzilmasida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatilib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tashkil etildi. Bu haqida 17-oktabrda imzolangan 162-sonli prezident farmonida aytib o‘tilgan.
Shuningdek, farmonga muvofiq:
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi Agentlikka o‘tkazilib uning negizida Migratsiya jamg‘armasi tashkil etiladi.
Migratsiya agentligi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va mazkur sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
2025 yil 1-yanvardan Migratsiya Agentlikka xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tekshirish ruxsat beriladi. Tekshiruv natijalari “Xorijda ish” elektron dasturiga 5 kun ichida joylashtirilishi kerak.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2003-yilda tashkil qilingan edi, u xorijda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Agentlik, shu qatorda, xorijiy davlatlarda ish o‘rinlari izlash, fuqarolarga chet tili va kasb o‘rgatish bilan ham shug‘ullanib kelmoqda.
Davlat migrantlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi?