O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Saylovda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi — MSK

Toshkent shahar hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berish tartibini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga 27-oktabrda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Protestiruyetsya protsess elektronnogo golosovaniya
Bugun, 12-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda tajriba-sinov tariqasida ayrim saylov uchastkalarida elektron ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini onlayn tarzda video-translyatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, saylov kampaniyasi davomida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, Andijon va Xorazm viloyatlarida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Majlis davomida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni elektron ovoz berish tartibini sinovdan o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi. Joriy yilgi saylovlarda sinab ko‘rilishi rejalashtirilgan elektron ovoz berish qurilmalaridan 37 ta xorijiy davlatlarda foydalanilgan bo‘lib, ular orqali shu kunga qadar 6,5 mlrddan ortiq saylovchilar ovoz berishgan.
Protestiruyetsya protsess elektronnogo golosovaniya
Elektron ovoz berish tartibi ovoz berish va saylov natijalarini tezkor aniqlash, ovoz berish jarayonlarining qonuniyligini ta’minlash, saylov komissiyalarining ish hajmini maqbullashtirishga xizmat qiladi.
Shunga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining Toshkent shahar hududida joylashgan ayrim saylov uchastkalarida saylov kuni elektron ovoz berish tartibini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, elektron ovoz berish tartibi sinab ko‘riladigan saylov uchastkalarida saylovchilar ovoz berishning an’anaviy yoki elektron shaklini mustaqil tanlash huquqiga egaligi belgilandi. Bundan tashqari, elektron ovoz berish qurilmalari orqali bulletenni to‘ldirish tartibi ham komissiya qarori bilan tasdiqlandi.
Protestiruyetsya protsess elektronnogo golosovaniya
Shuningdek, majlisda saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlarini internet tarmog‘i orqali onlayn translyatsiya qilishni bu yilgi saylovlarda ham qo‘llash masalasi ko‘rib chiqildi. Onlayn translyatsiya qilish bo‘yicha tegishli texnik talablarga muvofiq bo‘lgan saylov uchastkalarida saylov jarayonini video-translyatsiya qilish bo‘yicha aniq choralar belgilab berildi va tegishli qaror qabul qilindi.
Majlisda xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlarning kuzatuvchilarini akkreditatsiyadan o‘tkazish yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi. Shu bilan bir qatorda, kun tartibiga oid boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
O‘zbekiston demokratik islohotlar yo‘lidan qat’iyat bilan bormoqda — Umaxanov