TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekiston demokratik islohotlar yo‘lidan qat’iyat bilan bormoqda, dedi Rossiya Federatsiya Kengashining Fan, ta’lim va madaniyat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov 11-oktabr kuni Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlariga bag‘ishlangan brifingda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
© Sputnik
“O‘zbekiston o‘z xalqining tarixiy va madaniy an’analariga tayangan holda demokratik islohotlar yo‘lidan qat’iyat bilan bormoqda. Va mamlakatning siyosiy va ijtimoiy hayotida fuqarolarning keng ko‘lamli va to‘laqonli ishtirokini ta’minlamoqda”, - dedi Umaxanov.
Shuningdek, Federatsiya Kengashi vakili O‘zbekiston rahbariyati jamiyatda ayollar rolini bosqichma-bosqich oshirib borayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
© Sputnik
“Qonunchilikda belgilangan, parlamentda ayollar ulushini 40% ga yetkazish – bu juda yuqori marra”, - dedi senator.
Brifingda so‘zga chiqqan Rossiya Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Nikolay Bulayev MSKning 48 ta hududiy bo‘limlari O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan tashkil etilayotgan saylov jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkil qilish uchun barcha kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirdi.
V posolstve Uzbekistana v Moskve sostoyalsya brifing, posvashenniy parlamentskim viboram
© Sputnik
Shuningdek, Bulayev, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini kuzatish uchun Rossiya saylov komissiyasidan 16 kishidan iborat salmoqli delegatsiya tashrif buyurishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, xorijiy mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlarida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun fuqarolar https://saylov.mfa.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
27 oktabrda ovoz berish uchun O‘zbekistonning 39 ta xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari, jumladan Rossiya hududida 7 ta saylov uchastkasi tashkil etiladi.
Undan tashqari, ko‘p sonli O‘zbekiston fuqarolari guruhli yashayotgan va ishlayotgan manzillarda 16-23 oktabr kunlari muddatidan oldin sayyor saylovlar tashkil etiladi.
Undan tashqari, ko‘p sonli O‘zbekiston fuqarolari guruhli yashayotgan va ishlayotgan manzillarda 16-23 oktabr kunlari muddatidan oldin sayyor saylovlar tashkil etiladi.