Toshkentda O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Forum doirasida B2B formatida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. 27-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xojayev hamda Hindiston moliya va korporativ ishlar vaziri Nirmala Sitharaman hamraisligida O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Shohrux Gulamov, vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, kimyo sanoati, elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, transport va logistika sohalaridagi 100 ga yaqin yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Jamshid Xojayev Hindiston tomoniga delegatsiyaning nufuzli tarkibi uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu forum ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
V Tashkente sostoyalsya Uzbeksko-Indiyskiy biznes-forum
Hindiston tomoni bilan o‘zaro hamkorlik hajmi izchil ortib borayotgani qayd etildi. So‘nggi besh yil ichida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi ikki baravar ortib, 2023-yil oxiriga kelib qariyb 800 million dollarga yetdi. Yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshib, 600 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda Hindiston kapitali ishtirokidagi 317 kompaniya muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
V Tashkente sostoyalsya Uzbeksko-Indiyskiy biznes-forum
Forum doirasida B2B formatida uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi, unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘z hamkasblari bilan o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish rejalarini atroflicha muhokama qilishdi.
Tadbir so‘ngida “Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida”gi hukumatlararo bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
V Tashkente sostoyalsya Uzbeksko-Indiyskiy biznes-forum
Hindiston aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi