TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev 20-sentabr kuni BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szunxua bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Li Szunxua bilan suhbat chog‘ida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va BMT o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Xususan, tomonlar BMT Bosh Assambleyasida YeOII uchun kuzatuvchi maqomini olish bo‘yicha ishlarni faollashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Predsedatel Kollegii YeEK Bakitjan Sagintayev i zamestitel Generalnogo sekretarya OON po ekonomicheskim i sotsialnim voprosam Li Szunxua
“Bu yo‘nalishda hamkorlikdagi faoliyatimizni tizimli yo‘lga qo‘yish uchun zarur sa’y-harakatlarni qilishga tayyormiz. Ishonchim komilki, bugungi muzokaralar muloqotimizni mustahkamlash va aloqalarni kengaytirishga yordam beradi”, – dedi Bakitjan Sagintayev.
YeIK hay’ati rahbari YeOII faoliyatining asosiy natijalari to‘g‘risida gapirdi va u tashkil etilganidan beri aksariyat makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda ijobiy dinamikani qayd etdi.
O‘z navbatida, Li Szunxua YeOII mintaqaviy iqtisodiy integratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotlar o‘rtasida muhim rol o‘ynaganini ta’kidlab, mazkur uchrashuv YeIK va BMT o‘rtasidagi hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.