TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Boysundagi avariya hududidan zarur holatda 3 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilinadi. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov brifingda ma’lum qildi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Amirovning so‘zlariga ko‘ra, tog‘li hududdagi 9 mahallada zararli gazlarni kuzatuvchi laboratoriyalar tunu kun ishlamoqda. Milliy gvardiya, IIB va FVV operativ guruhlari joylarda faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, hokimiyat evakuatsiya vaqtida aholi mol-mulkining saqlanishini kafolatladi.