“Xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlarda shunday savol bular edi: ayol tadbirkorlar qaysi toifaga ko‘ra shakillanadi, faqat tashkilot rahbari bo‘lsagina, bu ayol tadbirkor hisoblanadimi. Eng asosiysi statistikani yig‘ishda ham ko‘p noqulayliklar tug‘ilardi. Endi bu kodeks bilan aniq mezonlar belgilab berilyapti. Demak, tadbirkorlik subyektini boshqarayotgan rahbar ayol bo‘lsa, u tadbirkor ayol deb hisoblanadi. Tadbirkorlik subyekti boshqaruvida 3 dan bir qismini ayollar tashkil etsa demak, bu ham tadbirkor ayollar subyektiga kiradi. Eng asosiysi tadbirkorlik subyektining ustav fondida ayollarimiz 50 yoki undan ortiq foiz bo‘lsa, bu ham ayol tadbirkor mezoniga tug‘ri kelishi kodeksda belgilab quyilyapti”, — dedi senator Malika Kadirxanova.