TOShKENT, 14 avg — Sputnik. O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari diplomatlar tayyorlashda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kuvaytlik hamkasbi Abdulla Ali al-Yahyo bilan uchrashdi.
Glavi MID Uzbekistana i Kuveyta podpisali memorandum o sotrudnichestve dipinstitutov
© MID Uzbekistana
“Ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida diplomatik kadrlar tayyorlash institutlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandumini imzoladik”, — deb yozadi vazir.
Uning qayd etishicha, O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasidagi sheriklikda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud.
“Iqtisodiy aloqalarni rag‘batlantirish, mintaqalarimiz o‘rtasidagi bog‘liklini kengaytirish, muntazam almashinuvlarni faollashtirish, o‘zaro shartnomaviy-huquqiy asosni kuchaytirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish ustuvor vazifalarimizdan bo‘lib qolmoqda”, — deya qayd etdi u.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Kuvayt investitsiyalar agentligi ijrochi direktori G‘onim Sulaymon al-G‘animan bilan ham uchrashdi. Ular o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, eng ilg‘or jahon tajribasi, innovatsiyalarni, yangi bilimlarni O‘zbekistonga jalb qilish kabi masalalarni ko‘rib chiqishdi.
Glavi MID Uzbekistana i Kuveyta podpisali memorandum o sotrudnichestve dipinstitutov
© MID Uzbekistana
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston, O‘mon va Kuvayt tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolangan edi.