Kamala Xarris prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarli ovoz to‘pladi — OAV

ABC: Xarris AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lish uchun yetarli ovoz to‘plaganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris Demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarlicha qo‘llab-quvvatlanganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti ABC News telekanaliga tayanib xabar berdi.
“Men partiyamiz nomzodi bo‘lish uchun zarur bo‘lgan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlovni qo‘lga kiritganimdan faxrlanaman...Tez orada ushbu nomzodni rasman qabul qilishni intiqlik bilan kutaman”, — deyiladi Xarris bayonotida.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyani hozirgi davlat rahbari Jo Bayden vakillik qilishi taxmin qilingan edi. Biroq, sobiq prezident Donald Tramp bilan iyun oyida bo‘lib o‘tgan debatdagi halokatli natijadan so‘ng demokratlar o‘rtasida Baydenni kurashdan voz kechishga chaqirishlar kuchayib ketdi. Bayden 21-iyul kuni poygadan chiqishga qaror qildi va vitse-prezident Xarrisning AQSh hukumatining eng yuqori lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Bayden saylov poygasidan chiqishini e’lon qildi