Laziz Kudratov Kavkaz investitsiya forumida qanday masalalarni ilgari surdi?

Forum Grozniy shahrida bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Kecha, 15-iyul kuni, O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Checheniston Respublikasiga tashrifi doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov 1-Kavkaz investitsiya forumida ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Laziz Kudratov “Katta Kavkaz: dengizdan dengizgacha” deb nomlangan plenar sessiyasida ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqdi. U ikki davlat rahbarlari tomonidan o‘zaro savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan vazifani bajarish uchun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.
Oxirgi 7-yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar o‘sdi va 2023-yil yakuniga ko‘ra qariyb 10 milliard dollarga yetdi.
Laziz Kudratov prinyal uchastie v rabote proshedshego v g.Grozniy I-go Kavkazskogo investitsionnogo foruma
Munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatorida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish uchun yangi qo‘shma sanoat zonalarini tashkil etish, qo‘shma moliyalashtirish vositalarini shakllantirish, turizmni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish ham belgilandi.
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida ushbu hududlararo hamkorlik platformasi imkoniyatlarini yanada oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishi muhimligi ta’kidlandi.
Vazir Rossiya hududlari va Rossiya biznesi vakillarini O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib o‘zaro manfaatli yangi loyiha va tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga chaqirdi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishni jadallashtirmoqchi