Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi

Mo‘g‘uliston elchixonasi xorijiy davlatlarning Toshkentdagi 46-diplomatik vakolatxonasi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi, deya xabar berdi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi.
Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasining rasmiy ochilish marosimida Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi.
Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
"Bugun O‘zbekiston–Mo‘g‘uliston hamkorligining yangi darajasi ramzi bo‘lgan Mo‘g‘ulistonning O‘zbekistondagi Elchixonasi ochildi va Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar soni yana bittaga ko‘paydi”, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
Vazir o‘z so‘zida ikki tomonlama aloqalardagi ushbu ko‘prik barcha sohalarda ko‘plab aniq natijalarga erishishga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasi ochildi
Ma’lumot uchun, kuni kecha tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Mo‘g‘ulistonning mamlakatdagi yangi elchisi Daadanxuu Batbaatarning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Mo‘g‘uliston elchixonasi xorijiy davlatlarning Toshkentdagi qirq oltinchi diplomatik vakolatxonasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.