TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin musulmon tashkilotlarining xalq birligi, millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini qayd etib, rossiyalik musulmonlarni Qurbon bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni Kreml saytida e’lon qilindi.
“Rossiya musulmonlarini Qurbon bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Musulmonlarning qadimiy diniy ziyoratgohlarga ziyorat qilishlari yakuniga yetgan Qurbon hayiti odamlarni bir-biriga yaqinlashtirish, jamiyatda mehr-oqibat, adolat va o‘zaro hamjihatlik g‘oyalarini qaror toptirish, islom dinining bardavom ma’naviy qadriyatlari teranligini ochib berishga xizmat qiladi. Mamlakatimiz musulmon ummati hayoti ezgu ishlar va tashabbuslar, madaniyat, ta’lim, ma’rifat sohasidagi yangi tashabbuslar bilan boyib borayotgani quvonarlidir”, — deyiladi tabrik matnida.
Prezident musulmon tashkilotlari tomonidan oila institutini mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilayotgani, Maxsus harbiy operatsiya qatnashchilari va faxriylariga, ularning yaqinlariga samarali yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.
“Va, albatta, ularning xalqimiz birdamligiga, Rossiyada millatlararo va dinlararo muloqotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi muhim”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.