TOShKENT, 16-may — Sputnik. Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov BMT uchun islomiy tashabbus yaratishni taklif qildi.
“Men ushbu forumda tinchlik, o‘zaro tushunish va ishonch yo‘lida islomiy tashabbusni rivojlantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qilaman. Bu taklifni Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan muhokama qilishni maqsadga muvofiq deb bilaman. Matn ustida birgalikda ishlash va uni BMT Bosh Assambleyasida rasmiy hujjat sifatida ilgari surish”, – dedi Turkmaniston Xalq Maslahati raisi “Rossiya – islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy forumi doirasida bo‘lib o‘tgan “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi yig‘ilishida.
Rossiyaning islom dunyosi bilan aloqalari ijobiy dinamikaga ega. Berdimuhamedovning fikricha, ularni davlatlar o‘rtasidagi hurmatli va teng huquqli munosabatlar namunasi sifatida ko‘rish mumkin.