O‘zbekistondan Yoqutistonga meva-sabzavot eksporti hajmi oshiriladi

Yoqutiston rasmiylari, biznes va turizm vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistondan Yoqutistonga olib kelinayotgan meva-sabzavot mahsulotlari hajmi yanada oshiriladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi vakillari Saxa Respublikasiga (Yoqutiston) tashrif buyurdi. Diplomatlar Yakutiya tadbirkorlik, savdo va turizm vaziri Yoqutiston tashqi aloqalar va xalqlar ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosarlari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yoqutistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi.
Tomonlar Yoqutiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm, ijtimoiy ta’lim, savdo-sotiq kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holatini muhokama qilishdi.
Yoqutiston tomoni O‘zbekistonni 25-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan “Isiax” milliy bayrami va 26-iyun kuni boshlanadigan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etishga taklif qildi.
“Yakutopttorg” kompaniyasi bilan O‘zbekistondan Yoqutistonga olib kelinayotgan meva-sabzavot mahsulotlari hajmini yanada oshirish hamda Yoqutiston rasmiylari, biznes va turizm vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yoqutistonda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari
Konsullik vakillari Yoqutistonda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ham uchrashdi.