Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi

Savdo uyi “Made in Uzbekistan” belgili yuqori sifatli va raqobatbardosh O‘zbekiston mahsulotlarini taqdim etish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiyaning Ivanovo viloyatida O‘zbekiston savdo uyi ochildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi.

"O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlari o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini oshirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024-yil 23-aprel kuni Ivanovo shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Savdo uyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi", - deyiladi xabarda.

Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Ochilish marosimida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov, Ivanovo viloyati hukumati va tadbirkorlik subyektlari vakillari hamda viloyat Savdo-sanoat palatasi rahbariyati ishtirok etdi.
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov ushbu loyihani amalga oshirish ikki mamlakat hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini va tomonlarning mushtarak maqsadi – barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoit yaratish, ikki davlat, tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchilari uchun biznes imkoniyatlarini kengaytirish, eksport-import bozorini diversifikatsiya qilishdan iborat ekanligini ta’kidladi.
Ivanovo viloyati Savdo-sanoat palatasi rahbariyati Rossiya bozori O‘zbekistondan oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlarini import qilishdan doimo manfaatdor bo‘lganini ta’kidladi va Ivanovoda Savdo uyining ochilishi ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqich bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Ivanovo viloyatida O‘zbekiston Savdo uyi ochildi