TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Statistika departamenti 2024-yilning yanvar-fevral oylari uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha oylik tahliliy sharhini e’lon qildi. Bu haqda YeIK saytida xabar berildi.
2024 yilning yanvar-fevral oylarida YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi 3,8 foizga, bajarilgan qurilish ishlari hajmi 4,8 foizga, chakana savdo aylanmasi 10,5 foizga o‘sdi.
Bu davrda yuk aylanmasi Qirg‘izistonda (8,8 foizga) va Qozog‘istonda (1,6 foizga), yo‘lovchi aylanmasi Qirg‘izistonda (11,2 foizga), Rossiyada (10,6 foizga), Belarusda (8,3 foizga) va Qozog‘istonda (7,6 foizga) o‘sdi.
YeOIIda ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi ishchi kuchining 0,9 foizini tashkil etdi.
2024 yilning yanvar-fevral oylari uchun asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar AQSh dollaridan tashqari YeOIIga a’zo davlatlar valyutalarida ham hisoblab chiqilgan.