Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi

Abdulla Aripov va Shavkat Umurzakov elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi.
1 / 2
2 / 2

“Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll"da yuz bergan fojiali voqealar natijasida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. O‘zbekiston tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan ushbu terrorchilik harakatini keskin qoralaydi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan va shaxsan o‘z nomimdan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, Rossiya Federatsiyasi xalqiga hamdardlik va ta’ziya izhor etaman, shuningdek, barcha yaralanganlarga tez sog‘ayib ketishini tilayman”, — deb yozadi vazir hamdardlik kitobiga.

Avvalroq bosh vazir Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustinga Moskva viloyatidagi "Crocus City Hall" majmuasida sodir bo‘lgan terrakt oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.
O‘zbekistondagi siyosatchilar “Krokus”dagi terakt munosabati bilan hamdardlik bildirishdi