O‘zbekistondagi uylar soni ma’lum qilindi

Mamlakatda uylar soni 2,4 % ga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda qariyb 7,5 millionta uy (kvartira) bor, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlar va yakka tartibdagi uylar soni qarib 7,5 mln tani tashkil etgan.
"Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 % ga oshgan", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili mamlakatda 85 mingta yoki 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p xonadon qurildi. Aholiga 17 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi. Joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan.
Endi 5 qavatli uylarni barpo etishga kamida “qoniqarli” va 9 qavatli uylarga “o‘rta qoniqarli” reytingiga ega bo‘lgan pudratchilar jalb qilinadi.
O‘zbekiston ijara bozorida talab pasayishda davom etmoqda