Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi terakt munosabati bilan bayonot berdi

Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi “Krokus Siti Xoll” savdo markazidagi terakt munosabati bilan bayonot berdi.

“Bugun tunda Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" savdo markazida sodir etilgan, odamlarning o‘limi va jarohatlanishiga olib kelgan dahshatli terroristik harakatdan hayratdamiz. Bu dahshatli fojia. Ushbu jinoyatni sodir etganlarni "odamlar" deb atash mumkin emas. Ushbu teraktning aybdorlari, tashkilotchilari va homiylari topilib, munosib jazosini olishiga ishonamiz”, - deyiladi xabarda.

Posolstvo RF v RUz
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirilgan.
“Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirish uchun Elchixonaga kelgan va shu soatlarda kelishda davom etayotgan barcha o‘zbekistonliklarga minnatdorlik bildiramiz”, - deyiladi xabarda.
V posolstvo RF v RUz nesut sveti v svazi teraktom v "Krokus Siti Xoll"
Moskvadagi teraktda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan — elchixona