Biz hech qanday saylovga aralashmaymiz — Putin

Vladimir Putin AQShda faol prezidentlik saylovlari poygasi haqidagi savolga javob berar ekan, amerikalik saylovchi ishongan har qanday yetakchi bilan hamkorlik qilishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselovga bergan intervyusida “amerikalik saylovchi ishongan har qanday yetakchi bilan hamkorlik qilamiz”, deb aytdi.
Vladimir Putin AQShda faol prezidentlik saylovlari poygasi haqidagi savolga javob berar ekan, amerikalik saylovchi ishongan har qanday yetakchi bilan hamkorlik qilishini ma’lum qildi.
U o‘z so‘zida “Biz hech qanday saylovga aralashmaymiz va ko‘p marta aytganimdek, Amerika xalqi, amerikalik saylovchi ishongan har qanday yetakchi bilan hamkorlik qilamiz”, deb aytdi.

“To‘rt yildan ko‘proq vaqt oldin suhbatlarning birida u (Tramp - tahr.) menga shunday dedi: "Uxlayotgan Jo" g‘alaba qozonishini xohlaysizmi? Keyin biz go‘yoki uni nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlaganimiz uchun uni ta’qib qila boshlashgani hayron qoldirdi. Bu mutlaqo bema’nilik. Bugungi saylovoldi vaziyatga kelsak, u tobora madaniyatsizlashib bormoqda. Men bu masala bo‘yicha hech qanday izoh berishni xohlamayman. Lekin bu mutlaqo aniq, menimcha, Amerika siyosiy tizimi so‘zning har qanday ma’nosida o‘zini demokratik deb da’vo qila olmasligi hammaga ayon”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Tramp saylovlarda g‘alaba qozonsa, Kiyevga pul bermaslikka va’da bergan — Orban
Lavrov Rossiyaning AQSh prezidentlik saylovlariga munosabati haqida gapirdi