Pokistonda yangi bosh vazir saylandi

Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Pokiston musulmon ligasi partiyasi vakili Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi. Bu haqda Geo TV xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Shahboz Sharif 201 ovoz bilan bosh vazir etib saylandi. Umar Ayub 92 ovoz oldi", — dedi Milliy majlis spikeri Ayaz Sadik.

Parlament quyi palatasi spikeri shundan so‘ng Shahboz Sharifni bosh vazir kursisiga o‘tirishga va uni Vakillar palatasida nutq so‘zlashga taklif qildi.
Ma’lumot uchun, 72 yoshli Shahboz Sharif 2022-yilda Imron Xon hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng parlament 2023-yil avgustida tarqatib yuborilgunga qadar 16 oy davomida Pokiston koalitsion hukumatini boshqarib, milliy saylovlar uchun zamin yaratdi. U avvalroq Pokistonning eng ko‘p aholisi bo‘lgan Panjob viloyatida bosh vazir lavozimida ishlagan.
Pokiston Milliy Assambleyasiga saylovlar 8-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.
Atom bombasi AQSh aralashuvidan himoya qilmaydi