Birgalikda ekilgan daraxt, Texnoparkka sayohat — Lukashenko tashrifining ikkinchi kuni

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko kecha, 8-fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Faxriy mehmonlar xiyobonida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish ramzi sifatida daraxt ekdilar”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, kecha Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon e’tiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi.
Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. Joriy yilda bu yerda logistika markazi ish boshlaydi.
Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilmoqda, ichki va xorijiy bozorlarda ularga talab yuqori. Tovarlar dunyoning 10 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.
Prezidentlar yetakchi korxonalar kooperatsiyasini, tajriba almashish va texnologiyalar transferini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar o‘tkazdi — kelishuv tafsilotlari