Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchi OChda ham oltin, ham kumush medallarga ega chiqdi

O‘zbekistonlik og‘ir atlet Sarvarbek Zafarjonov Osiyo chempionatida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Sarvarbek Zafarjonov Osiyo chempionatida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Sarvarbek Zafarjonov oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
“Atletimiz dast ko‘tarishda 167 kg bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Shuningdek, uning ikki kurash bo‘yicha ko‘rsatgan 362 kg natijasi yana bir kumush medalni taqdim qildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 3-fevral kuni boshlangan. Qit’a birinchiligida Osiyoning 34 ta mamlakatidan 250 nafarga yaqin eng kuchli og‘ir atletikachi ishtirok etishmoqda.
Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi