Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda

So‘zana "Boysun bahori” ochiq folklor festivalida namoyish etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda, hunarmandlar rekordni yangilashmoqchi, deya xabar berdi respublika "Hunarmand" uyushmasi.
Qayd etilishicha, “Boysun bahori” ochiq folklor festivali uchun boysunlik hunarmandlar tomonidan uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil etadigan milliy so‘zana tikilmoqda.
“Naqshinkor milliy so‘zanani tikish uchun “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibasi Malika Podshoyeva boshchiligida 100 nafar mohir kashtado‘z jalb etilgan”, — deyiladi xabarda.
Hozirda alvon matoga surxoncha naqshlar chizmasini tushirish hamda tabiiy usullarda bo‘yalgan kalava iplarni tanlash ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2019-yilda Termiz shahrida o‘tkazilgan baxshichilik san’ati festivalida boysunlik hunarmandlar tomonidan tikilgan dunyodagi eng katta so‘zana ilk bor namoyish etilgan. Uning uzunligi 25 metr, eni 6 metr, og‘irligi esa 60 kilogrammni tashkil etadi.
Boysun hududida saqlanib qolgan milliy folklor namunalari – YuNESKOning “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
“Boysun bahori” xalqaro tanlov g‘oliblari aniqlandi