O‘zbekiston BMT bilan birgalikda chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish uchun kurashmoqchi

O‘zbekiston chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish maqsadida FAO va BMT bilan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.
BMTning cho‘llanish to‘g‘risidagi konvensiyasi (CRIC-21) ijrosini ko‘rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi doirasida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi raisi Feras Ziadat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda muhokama qilingan masalalar:
Yerlarning degradatsiyasi va yer resurslarini barqaror boshqarish;
Tajriba almashish;
O‘zbekistonning qum va chang bo‘ronlari xavfi yuqori bo‘lgan hududlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish.
Qayd etilishicha, eron va afg‘on shamollari natijasida bahor-kuz mavsumida Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida kuzatilayotgan qum va chang bo‘ronlari aholi salomatligi va hayvonot dunyosiga zarar yetkazmoqda.
BMT koalitsiyasi raisi chang va qum bo‘ronlari tobora dolzarb bo‘lib borayotgan transchegaraviy muammo ekanligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ayniqsa, tirikchiligi tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligiga bevosita bog‘liq bo‘lgan fermerlar va odamlarga jiddiy ta’sir qiladi.
“Chang va qum bo‘ronlari ta’sirini kamaytirish maqsadida yig‘ilishda FAO va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi kurash koalitsiyasi bilan hamkorlikda aniq metodologiyalar ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va muhim strategik yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Toshkent havosini yaxshilash yo‘li bormi – iqlimshunos bilan suhbat
Uchrashuv yakunida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va BMTning qum va chang bo‘ronlariga qarshi koalitsiya delegatsiyasining 2024-yil 12–17 fevralda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan CMS COP-14 to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi hamda Samarqand iqlim forumida ishtirok etishi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
BMTning cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi: muammolar va ularning yechimlari