"UzAuto Motors" avtosalonlarida yo‘q shartnoma uchun katta navbatlar hosil bo‘ldi

Ofis kompanii UzAuto v Tashkente. Arxivnoe foto
"UzAuto Motors" ommabop modellarga shartnoma berish boshlangani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. "UzAuto Motors" kompaniyasi 30-oktabrdan boshlab avtomobillar xarid qilish bo‘yicha shartnomalar qayta tiklanishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda "Chevrolet Gentra", "Cobalt" va "Damas" avtomobillari uchun shartnomalar ochilishi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Shu bois avtosalonlarda katta navbatlar hosil bo‘ldi.
“Bugun bir qancha avtoixlosmandlar avtomobillar uchun kontraktatsiya boshlangani to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonib, ertalabdan dilerlik markazlariga kelishgani sababli katta navbatlar yuzaga keldi", - deyilgan "UzAuto Motors" xabarida.
Kompaniya sotuv boshlanganligi to‘g‘risida va boshqa murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlarni "UzAuto Motors"ning rasmiy kanallaridan olish mumkinligini eslatgan.
Milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili
"Tracker" va "Onix" xaridorlari soni ma’lum bo‘ldi — ularning qay biri ko‘proq sotildi?