Isroil-Falastin mojarosi

Isroil Damashq va Halab aeroportlariga zarba berdi

Isroil Damashq va Halab aeroportlariga zarba berdi va ularni ishdan chiqardi.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Isroil Damashq va Halab aeroportlariga zarba berdi va ularni ishdan chiqardi. Bu haqda Suriya davlat OAV harbiy manbaga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Bugun tongda Isroil bir vaqtning o‘zida O‘rtayer dengizi g‘arbidagi Latakiyadan va bosib olingan Suriyaning Golan tepaliklaridan raketalar portlashi bilan Damashq va Halab xalqaro aeroportlariga zarbalar berib, harbiy agressiyani amalga oshirdi.
Qayd etilishicha, Damashq aeroportining bir xodimi halok bo‘lgan, yana biri yaralangan.
"Ikkita aeroportning uchish-qo‘nish yo‘laklariga shikast yetkazilishi natijasida yaroqsiz holga kelgan", — deyilgan xabarda.
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil Falastindagi bozorni nishonga oldi — qurbonlar bor