https://oz.sputniknews.uz/20231022/isroil-falastin-bozor-nishon-40197369.html
Isroil Falastindagi bozorni nishonga oldi — qurbonlar bor
Isroil Falastindagi bozorni nishonga oldi — qurbonlar bor
Sputnik O‘zbekiston
Falastin Ichki ishlar vazirligi G‘azodagi Nuseyrat bozorini Isroil tomonidan o‘qqa tutganini ma’lum qildi.
2023-10-22T07:03+0500
2023-10-22T07:03+0500
2023-11-01T15:03+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
isroil
falastin
bozor
isroil-falastin mojarosi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/16/40197461_0:281:600:619_1920x0_80_0_0_5bc5bedd3a94ad1487bf6a7d3c7a0b32.jpg
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Isroil G‘azo sektoridagi Nusayrat bozorini o‘qqa tutdi, qurbonlar bor. Bu haqda Falastin Ichki ishlar vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.Vazirlik qurbonlar va yaradorlar soniga aniqlik kiritmadi. Falastinning “Quds” portali hujum joyida yong‘in chiqqani haqida xabar berdi.Falastin WAFA agentligiga ko‘ra, harbiy samolyotlarning G‘azo sektorining turli qismlariga uyushtirgan bir qator reydlari natijasida 29 tinch aholi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning “Al-Ahli” shifoxonasiga zarbasi oqibatida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi. O‘z navbatida, Isroil mudofaa kuchlari tergov olib borayotganini ma’lum qildi va hodisani “HAMAS raketasining muvaffaqiyatsiz uchirilishi” bilan bog‘ladi.O‘zbekiston TIV Falastindagi shifoxonaga hujum uyushtirilganini qoraladi. Bayonotda dahshatli zo‘ravonlik harakati keskin qoralanib, bu xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb qayd etildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘azodagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumni fojia va gumanitar falokat deb atadi va bu mojaroga barham berish zarurligidan dalolat bo‘lishini kutganini aytdi. Rossiya BMT Bosh Assambleyasining Falastin tinch aholisini himoya qilish bo‘yicha 10-favqulodda maxsus sessiyasini qayta boshlash tashabbusi bilan chiqdi.
falastin
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/16/40197461_0:225:600:675_1920x0_80_0_0_db8f0b9d499795e4de26fb01c8153d8e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
falastin g‘azodagi nuseyrat bozor isroil o‘qqa tutildi
falastin g‘azodagi nuseyrat bozor isroil o‘qqa tutildi
Isroil Falastindagi bozorni nishonga oldi — qurbonlar bor
07:03 22.10.2023 (yangilandi: 15:03 01.11.2023) Falastin Ichki ishlar vazirligi G‘azodagi Nuseyrat bozorini Isroil tomonidan o‘qqa tutganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Isroil G‘azo sektoridagi Nusayrat bozorini o‘qqa tutdi, qurbonlar bor. Bu haqda Falastin Ichki ishlar vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda
RIA Novosti. “Isroilning G‘azo sektoridagi Nusayrat bozorini o‘qqa tutishi natijasida halok bo‘lganlar va ko‘p sonli jarohatlanganlar bor”, — deyiladi xabarda.
Vazirlik qurbonlar va yaradorlar soniga aniqlik kiritmadi. Falastinning “Quds” portali hujum joyida yong‘in chiqqani haqida xabar berdi.
Falastin WAFA agentligiga ko‘ra, harbiy samolyotlarning G‘azo sektorining turli qismlariga uyushtirgan bir qator reydlari natijasida 29 tinch aholi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi.
"Turar-joy binolarini portlatish chog‘ida, shuningdek, G‘azo sektori markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageri bozoridagi restoranga qilingan zarbadan butun oilalar halok bo‘lgan. Xon-Yunis markazidagi Rio kafesini ishg‘olchi samolyotlarning bombalashi oqibatida o‘n nafar tinch aholi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning “Al-Ahli” shifoxonasiga zarbasi oqibatida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi. O‘z navbatida, Isroil mudofaa kuchlari tergov olib borayotganini ma’lum qildi va hodisani “HAMAS raketasining muvaffaqiyatsiz uchirilishi”
bilan bog‘ladi.O‘zbekiston TIV Falastindagi shifoxonaga hujum uyushtirilganini qoraladi. Bayonotda dahshatli zo‘ravonlik harakati keskin qoralanib, bu xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb
qayd etildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘azodagi shifoxonaga uyushtirilgan hujumni fojia va gumanitar falokat deb atadi va bu mojaroga barham berish zarurligidan dalolat bo‘lishini
kutganini aytdi. Rossiya BMT Bosh Assambleyasining Falastin tinch aholisini himoya qilish bo‘yicha 10-favqulodda maxsus sessiyasini qayta boshlash tashabbusi
bilan chiqdi.