TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanida tuproq bosib qolgan ikki quruvchi halok bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kollektor qurilishida (kotlovan qazish vaqtida) "Shafoat" MChJning 5 nafar xodimi ishlayotgan bo‘lgan. Tuproq ko‘chishi oqibatida 2 nafar xodim vafot etgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada. Qolgan 2 nafar ishchining ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.