Toshkentda tuproq bosib qolgan ikki quruvchi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Obuna bo‘lish
Kotlovan qazish vaqtida "Shafoat" MChJning 5 nafar xodimi ishlayotgan bo‘lgan.
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkent shahri Uchtepa tumanida tuproq bosib qolgan ikki quruvchi halok bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kollektor qurilishida (kotlovan qazish vaqtida) "Shafoat" MChJning 5 nafar xodimi ishlayotgan bo‘lgan. Tuproq ko‘chishi oqibatida 2 nafar xodim vafot etgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada. Qolgan 2 nafar ishchining ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
FVV - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Uchtepada ishchilarni tuproq bosib qolgani aytilmoqda
Yangiliklar lentasi
0