Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 30 foizga oshdi — Minnixanov

Rustam Minnixanov: joriy yilning birinchi yarmida tovar ayirboshlash hajmi taxminan 150 million dollarga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi yilning birinchi yarmida 30 foizga oshdi. Bu haqda Tatariston raisi Rustam Minnixanov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Tatariston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 2022-yilda 50 foizga o‘sdi va 290 million dollardan oshdi. 2023-yilning birinchi yarmida esa o‘sish 30 foizni tashkil etdi.
“O‘tgan yil oxirida Tatariston-O‘zbekiston tovar ayirboshlash hajmi 50 foizga o‘sib, 290 million dollardan oshdi. Joriy yilning birinchi yarmida tovar ayirboshlash hajmi yana 30 foizga (taxminan 150 million dollar) oshdi”, — dedi Minnixonov Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi III mintaqalararo hamkorlik forumi chog‘ida.
Tatariston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, respublika o‘zaro tovar va xizmatlar yetkazib berish hajmi va turlarini ko‘paytirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettiradi. Buning uchun, uning fikricha, kerak bo‘lgan hamma narsa mavjud.
U O‘zbekistonda Tatariston vakolatxonasi, Qozon shahrida esa O‘zbekiston Bosh konsulligi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini eslatdi. Qozon va Toshkent, Samarqand va Farg‘ona o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud.
Savdo-sanoat palatalari, Tataristonning yetakchi korxona va tashkilotlari orqali ishlar olib borilmoqda. O‘zbekistonga KAMAZ avtomobillari yetkazib berilmoqda, Toshkentda avtomarkaz, Samarqandda avtogigant avtomobillarini yig‘ish liniyasi ochildi.
O‘tgan yili O‘zbekistonda Tataristonning “Ximgrad” texnopolis va o‘zbekistonlik hamkorlarining qo‘shma loyihasi bo‘lgan “Chirchiq” kimyo-sanoat texnoparkining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Jizzaxda Qozon federal universitetining filiali mavjud. Shuningdek, joriy yilning aprel oyida Jizzaxda ikkinchi qo‘shma texnoparkning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ayni paytda Buxoro va Navoiy viloyatlarida sanoat maydonchalarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Samara viloyati O‘zbekiston bilan turizm va tibbiyotda hamkorlikni kengaytirmoqchi