Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi – foto

O‘zbekiston prezidenti Qul Sharif masjidini kirib ko‘rdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Tataristonga tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qozon Kremli” tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasida bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston rahbariga Tatariston raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.
Qozondagi Kreml YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Qozonning eng qadimgi qismi bo‘lib, shaharning ko‘p asrlik tarixini o‘zida mujassam etgan me’moriy, tarixiy va arxeologik yodgorliklardan iborat.
Bu yerda Mirziyoyev Qul Sharif masjidini kirib ko‘rdi. Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Kamil Samigullin oliy martabali mehmonga masjid tarixi haqida batafsil so‘zlab berdi. Duo o‘qildi.
1 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

2 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

3 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

4 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

5 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

6 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

7 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

8 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

9 / 9

Mirziyoyev Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi

Masjid 1996-2005 yillarda Qozon xonligi hududida XVI asrning ikkinchi yarmiga qadar mavjud bo‘lgan juma masjidi o‘rnida bunyod etilgan va Imom Qul Sharif nomi bilan atalgan.
Davlat rahbari Qozon va Tatariston mitropoliti Kirill hamrohligida Blagoveshensk soborini ham ko‘zdan kechirdi. Qozon Kremli hududidagi obidalarning eng qadimgisi bo‘lgan ushbu inshoot XVI asrda bunyod etilgan. Pskov me’morchilik an’analarining yorqin namunasidir.
Qozonda Mirziyoyev va Minnixanov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi