https://oz.sputniknews.uz/20231005/mirziyoev-minnixanov-uchrashuv-39667986.html
Qozonda Mirziyoyev va Minnixanov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Qozonda Mirziyoyev va Minnixanov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Qozon shahrida Tatariston raisi Rustam Minnixanov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Minnixanov respublika tarixida ilk bor O‘zbekiston prezidenti Tataristonga tashrif buyurganini ta’kidladi. U Qozonda o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo forum uchun minnatdorlik bildirdi.
2023-10-05T19:08+0500
2023-10-05T19:08+0500
2023-10-05T20:31+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
rustam minnixanov
tatariston
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/05/39673066_0:120:1156:770_1920x0_80_0_0_f15084385ed1d90208e97ebd29ed3e27.jpg
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qozon shahrida Tatariston raisi Rustam Minnixanov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Minnixanov respublika tarixida ilk bor O‘zbekiston prezidenti Tataristonga tashrif buyurganini ta’kidladi. U Qozonda o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo forum uchun minnatdorlik bildirdi. Minnixanov o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston-Tatariston tovar aylanmasi 50 foizga o‘sgani, 2023-yilning birinchi yarmida 30 foizgacha o‘sganini eslatdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan hamkorlik va integratsiya uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev ikki respublika delegatsiyalari faol ish olib borayotgani, Qozonda forumning muvaffaqiyatli o‘tgan buning dalili ekanini ta’kidladi.Uchrashuv davomida Rustam Minnixanov va Shavkat Mirziyoyev bugun birgalikda amalga oshirilayotgan aniq loyihalarni muhokama qilishdi.O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi. Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifini Tataristondan boshladi. Tashrif doirasida Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Ko‘rgazma doirasida Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari forumida erishilgan kelishuvlarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
https://oz.sputniknews.uz/20231005/tatariston-ozbekiston-tovar-aylanmasi-30-foizga-oshdi-39657125.html
tatariston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/05/39673066_25:28:1061:805_1920x0_80_0_0_9e12ab039c2ee448360878a03a086468.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozon mirziyoyev minnixanov uchrashuv
qozon mirziyoyev minnixanov uchrashuv
Qozonda Mirziyoyev va Minnixanov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:08 05.10.2023 (yangilandi: 20:31 05.10.2023) Minnixanov respublika tarixida ilk bor O‘zbekiston prezidenti Tataristonga tashrif buyurganini ta’kidladi.
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Qozon shahrida Tatariston raisi Rustam Minnixanov va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Minnixanov respublika tarixida ilk bor O‘zbekiston prezidenti Tataristonga tashrif buyurganini ta’kidladi. U Qozonda o‘tgan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi uchinchi mintaqalararo forum uchun minnatdorlik bildirdi.
“Forum uchun minnatdormiz. U yuqori saviyada o‘tdi. Biz bugun amalga oshirayotgan loyihalar nafaqat yirik sanoat korxonalari, balki kichik va o‘rta biznesni ham qamrab olmoqda”, - dedi Tatariston rahbari.
Minnixanov o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston-Tatariston tovar aylanmasi 50 foizga o‘sgani, 2023-yilning birinchi yarmida 30 foizgacha o‘sganini eslatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan hamkorlik va integratsiya uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
O‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyev ikki respublika delegatsiyalari faol ish olib borayotgani, Qozonda forumning muvaffaqiyatli o‘tgan buning dalili ekanini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida Rustam Minnixanov va Shavkat Mirziyoyev bugun birgalikda amalga oshirilayotgan aniq loyihalarni muhokama qilishdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada
bo‘lib turibdi. Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifini Tataristondan
boshladi. Tashrif doirasida Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasi bilan
tanishdi. Ko‘rgazma doirasida Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari forumida erishilgan kelishuvlarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.