Sanepidqo‘mita Hindistonga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Joriy yilning 22-sentabr holatiga ko‘ra, Nipah infeksiyasi bo‘yicha oltita holat tasdiqlangan bo‘lib, ikkita o‘lim holati yuz bergan.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston Sanitatariya-epidemiologiya qo‘mitasi Hindistonga borish istagida bo‘lganlarni Nipah virusidan ogohlantirdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Hindistonning Kerala shtatida Nipah virusi avj olayotgani haqidagi ma’lumotini taqdim etdi. Joriy yilning 22-sentabr holatiga ko‘ra, Nipah infeksiyasi bo‘yicha oltita holat tasdiqlangan bo‘lib, ikkita o‘lim holati yuz bergan.
Nipah virusi – bosh miya yallig‘lanishi yoki nafas yo‘llari kasalliklari bilan kechadigan jiddiy kasallikni keltirib chiqaradigan virus turi hisoblanadi.
Qo‘mita savdo-sotiq ishlari bo‘yicha boruvchi tadbirkorlar yoki sayohat uchun Hindistonga borishga chog‘langan o‘zbekistonliklarga mazkur virusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish muhimligini eslatdi:
shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish;
mevalarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
yangi siqilgan xurmo sharbatini qaynatib ichish;
asosiysi ko‘rshapalaklar tirnashi yoki tishlashi natijasida teshilgan mevalarni iste’mol qilmaslik.