Toshkentdagi omborda kuchli portlash

Sergelidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Inter Logistics“ MChJ omborxonasida yuz bergan portlash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Eng so‘nggi tezkor xabarlar, foto, video bizning (lotin/kirill). Obuna bo‘ling, tezkor xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
“Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, - deyilgan xabarda.
Hozir jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan. Yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan. Kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Vazirlik voqea tafsilotlari yuzasidan axborot berib borilishini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 28-sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Inter Logistics” kompaniyasi omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi.
SSV xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni tashkil etmoqda. 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir bola esa voqea joyida vafot etgan.
Hodisa tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan.
Toshkentdagi omborda kuchli portlash
Toshkentdagi kuchli portlash: ayni damda nimalar sodir bo‘lmoqda — foto, video