Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi kecha Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Hindistonning “IndiGo Airlines” Dehlidan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Hindistonning “IndiGo” aviakompaniyasi kecha Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshirdi.
Toshkent vaqti bilan soat 23:09 da bortida 167 yo‘lovchisi bilan samolyot poytaxt aeroportiga kelib qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Dehliga uchayotgan yo‘lovchilar uchun tantanali ro‘yxatdan o‘tkazish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Hindiston aviakompaniyasining muntazam parvozlari qulay A-320 samolyotlarida haftasiga to‘rt marta - dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.

1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
IndiGo — bosh qarorgohi Hindistonning Gurgaon shahrida joylashgan hind xususiy loukoster aviakompaniyasi. Kompaniya muntazam qatnovlar va samolyotlar soni bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.
Hindiston aviakompaniyasi sentabrdan O‘zbekistonga aviaqatnovlar sonini oshiradi